23:55 / 20.11.2017
7906

Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini ma'lum qildi

Foto: AFP 2017 / Nicholas Kamm

Shimoliy Koreyaning terrorchilikni moliyalashtiruvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritilishi o‘z ortidan moliya vazirligi 21 noyabrda e'lon qiladigan qo‘shimcha sanksiyalar kiritilishiga olib keladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati a'zolari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Trampning fikricha, bu qadam Shimoliy Koreyaga maksimal bosim o‘tkazish kampaniyasining davomi hisoblanadi. 

“Bu sanksiyalar eng yuqori darajada bo‘ladi”, deb aytgan Tramp. 

AQSh oxirgi oylarda Shimoliy Koreyaga nisbatan sanktsion bosimni ancha kuchaytirdi. Tramp prezidentligi davrida AQSh Shimoliy Koreyaning 70 dan ko‘proq odami va kompaniyalarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan.  

Mavzuga oid
Top