Video: Lobanov muxlislarni haqoratladi. Endi uni qanday jazo kutadi?

O‘zbekiston chempionatining 29-turidan o‘rin olgan «Nasaf» va «Paxtakor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (4:0) so‘nggida mehmonlar darvozaboni Aleksandr Lobanov muxlislarga qarata noxulqiy harakatni amalga oshirdi.
Uchrashuv tugab futbolchilar yechinish xonasiga kirib ketayotgan vaqtda muxlislar Lobanov manziliga turli hushtakbozliklar va norozilik qiyriqlari yo‘llashgan. Bunga chiday olmagan darvozabon «Nasaf» muxlislariga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan va unga javob qaytargan muxlisga tashlanishga uringan. Ammo bu pallada uning jamoadoshi Eldorbek Suyunov ushlab qolgan.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi tartib-intizom Kodeksining 5.6 bandiga ko‘ra, o‘yin vaqtida, o‘yindan keyin noxulqiy, etikaga to‘g‘ri kelmaydigan, nosportcha harakatlarni amalga oshirgan futbolchi, rahbar yoki klubning boshqa istalgan rasmiy vakili jazoga tortilishi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, futbolchi ma'lum muddatga o‘yinlardan chetlatilishi, 5 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, PFL tartib-intizom qo‘mitasi uchrashuv qaydnomasida ko‘rsatib o‘tilgan holatlarni o‘rganib chiqqach, vaziyat yuzasidan qaror chiqaradi. Lobanov bilan bog‘liq vaziyat rasmiy qaydnomada bor yoki yo‘qligi hozircha noma'lum bo‘lib qolmoqda.

Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Jamiyat | 10:24
-
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 10:00
-
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi
Jamiyat | 09:41
-
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025