Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga surat sovg‘a qildi. Bu haqda RF rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

«Bu Asadning sovg‘asi. U Putinga surat hadya qildi», - deya aytib o‘tgan u.

Asad aynan qanday suratni sovg‘a qilgani noma'lumligicha qolmoqda.

Shuningdek Peskovning bildirishicha, Suriya prezidenti Bashar Asad Vladimir Putin bilan uchrashuvi davomida mamlakatga qochqinlar qayta boshlaganini aytgan.

Foto: Twitter/Kremlinpool_RIA

«Asad qochqinlarni qaytarish jarayoni boshlangani haqida gapirdi. Ya'ni o‘z uylarini jangovar harakatlar tufayli tark etgan turli millat, turli dindagi suriyaliklar ortga qayta boshlashgan», - deya aytib o‘tdi u.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, uchrashuv davomida «siyosiy tartibga solishning ehtimoliy variantlari» ko‘rib chiqilgan.