01:52 / 21.11.2017
6169

Inboard – elektr skeytbordlar olamining o‘z Tesla’si

Foto: hi-news.ru

Eng oddiy Tesla Model 3’ga pul jamg‘ara olmaganlar hozircha «Skeytbordlar olami Tesla’si» bo‘lmish skeytbordga e'tibor qaratib turishlari kerakmikan. Inboard Technology startapi asoschilari o‘zlarining buyumini aynan shunday atashmoqda. Atigi uch yil ichida ular eng serhashamat va zamoanviy skeytbord prototipini yaratibgina qolmasdan, Kickstarter’da o‘zlarining g‘oyasini amalga oshirish uchun yarim million dollar ham to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi deb yozadi hi-news.ru.

Bu pullar prototip yaratishgagina yetdi, xolos. Mablag‘lar tugab bo‘lgach, Inboard Technology asoschilari yana 8 million dollar investitsiya jalb qilishni uddalashdi va bu pullar yigitlarga endi eng hashamatli va zo‘r elektroskeytbord yaratishga yordam berishi aniq.

Olingan mablag‘lar M1 modelini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan, bunday skeytbordlarning bir donasi 1400 dollar turadi. Buncha pulga bu taxtakach egasini 11 kilometrgacha bo‘lgan yaqin masofalarga soatiga 35 km tezlikda elta oladi. 20 darajagacha bo‘lgan nishabliklar taxtakach uchun muammo bo‘lmaydi, u egasini tepalikka qiynalmay olib chiqishi mumkin.

Bularning barchasiga ultrazamonaviy batareyalar, taxtakachning suv o‘tkazmaydigan korpusi va doimo yangilanib turadigan dasturiy ta'minotni ham qo‘shing — aksariyat uch kilometr yo‘l bosish uchun yo‘llardagi tirbandlikda turganida zamonaviy shahar muhitiga uzukka ko‘zdek yarashadigan chinakam skeytbord paydo bo‘ladi. Bunday taxtakach yo‘laklar va yo‘l chetidan, yoxud tirbandlikda to‘xtab mashinalar orasidan bemalol manzilga qiynalmay yetib olish imkonini beradi.

Mavzuga oid
Top