12:20 / 21.11.2017
10626

Qirg‘iziston​ hukumati tarkibida o‘zgarish ro‘y berishi kutilmoqda

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitasi mamlakat bosh vaziri tavsiyasiga ko‘ra, To‘lqinbek Abdig‘ulovni bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Ayni paytda bosh vazir birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan mulozim mamlakat yangi prezidenti qasamyod qilguniga qadar mansab darajasidan pasaytirilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston qonunchilik organi xabar bergan.

Ayni paytda hukumat tarkibidagi huquqni muhofaza etish organlari ishini muvofiqlashtiruvchi kompleks rahbari tayinlanmagan. Bungacha ushbu lavozimda uch oy ishlagan Duyshanbek Zilaliyev o‘tgan hafta iste'foga chiqqandi.

Hukumat tarkibidagi eng yosh a'zo, bosh vazir Saparbek Isoqov joriy yilning 7 sentabr kuni qasamyod qabul qilib, o‘z vazifasiga kirishgandi. Shundan buyon hukumat tarkibida katta o‘zgarish bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni amaldagi prezident Almazbek Atamboyevning vakolat muddati o‘z yakuniga yetib, 15 oktabr kuni o‘tkazilgan saylovda g‘olib chiqqan Jeenbekov prezident etib saylandi.

Top