10:00 / 21.11.2017
18262

Tojikiston «IShID zobitini» Rossiyaga topshirdi

Foto: Tojikiston IIV

Rossiya Mudofaa vazirligi Bosh shtabi sobiq xodimi, Suriyada IShID terrorchilik guruhi uchun jang qilgan Denis Xisamov Rossiyaga ekstraditsiya qilindi, deb xabar bermoqda Tojikiston IIV matbuot xizmati.

«Denis Xisamov davlatlararo kelishuvga muvofiq o‘tgan hafta Rossiya tomoniga topshirildi», - deya xabar bergan mahkama matbuot kotibi Imomali Umarjoniy.

Tojikiston IIV 23 oktabr kuni Turkiya 34 yoshli kapitan unvonidagi va RF Mudofaa vazirligi sobiq xodimi bo‘lgan rossiyalik Denis Xisamovni Tojikistonga ekstraditsiya qilgani haqida xabar bergandi. Bunga uning Suriyadan Turkiyaga kirish uchun soxta tojik pasportidan foydalangani sabab bo‘lgan.

Tojikiston hukumatiga ko‘ra, Xisamov Suriyada IShID terrorchilik guruhi uchun jang qilgan, biroq Turkiyaga qaytib ketgan va shu yerda qo‘lga olingan. U Suriyadan Turkiyaga keyinchalik Rossiyaga kirish hamda jinoyat sodir etish maqsadida kirgani aytiladi. 

Rossiyalik zobitning IShID safidagi roli nimadan iborat bo‘lgani hozircha noma'lum. Endi buni RF tergovchilari aniqlaydi.

Top