Sport | 19:09 / 22.11.2017
9911
2 daqiqa o‘qiladi

Chapaqaylar nega sportning ba'zi turlarida juda kuchli ekani aytildi

Foto: Newsweek

Olimlar nima uchun sportning ba'zi turlarida chapaqaylar ko‘p ekaniga aniqlik kiritishdi – hamma gap shundaki, chapaqaylik o‘yinchilardan tez harakatlar talab etiluvchi sport turlarida katta ustunlik beradi, sababi uning xatti-harakati raqib uchun kutilmagan bo‘lib chiqadi. Xulosalar Biology Letters jurnalida keltirilgan.

Chapaqaylar aholining 10-13 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, beysboldagi pitcherlar o‘rtasida chapaqaylar ulushi 30 foizdan ortiqni tashkil etsa, badmintonda taxminan 13 foizga teng. Ayollar sportida ham shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar – chapaqaylar stol tennisidagi o‘yinchilar orasida 19 foizga teng, biroq skvosh, badminton hamda oddiy tennisda o‘yinchilarning faqat 8-8,4 foizini tashkil etadi.

Tadqiqotchilar raqiblarning to‘pga zarba berishi o‘rtasidagi vaqt va boshqa jihatlarni o‘rganib chiqib, to‘p bilan harakatlar o‘rtasidagi eng qisqa vaqt – beysbol hamda stol tennisida ekanini aniqlashdi. Sportning qolgan turlari esa nisbatan yengilroq bo‘lgan.

Ish mualliflarining xulosasiga ko‘ra, chapaqaylar sportning bu turlarida raqiblari harakatni oldindan bila olmasligi va unga tayyorgarlik ko‘ra olmasligi tufayli muvaffaqiyat qozonishadi. Olimlar o‘ng qo‘lda o‘ynaydigan sportchilarga chapaqaylar bilan ko‘proq kuch sinashishni maslahat bergan.

Mavzuga oid