Erdo‘g‘an G‘arbni islom dunyosini barbod qilishga urinishda aybladi

Foto: REUTERS / Presidential Palace/Murat Cetinmuhurdar
G‘arb davlatlari islom dunyosiga jinoyatchilarni “eksport” qilib, uni barbod qilishga urinmoqda, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
“Islom dunyosini barbod qilish, musulmonlar orasiga nifoq solish, ularning qadriyatlarini va eng xavflisi, kelajagini yo‘q qilish ssenariysi amalga oshirilmoqda. G‘arb islom davlatlariga barcha jinoyatchilar va banditlarni “eksport” qilib, o‘z kelajagini ta'minlashga harakat qilmoqda”, deb aytdi Erdo‘g‘an Istanbulda Islom hamkorligi takshilotining iqtisodiyot va savdo bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida.
Erdo‘g‘anning aytishicha, IShID, “Al-Qoida”, YPG (suriyalik kurdlar mudofaa kuchlari) jangarilari va Fathulla Gulenning FeTO tashkiloti xatti-harakatlari oqibatida “mintaqa qon ummoniga g‘arq bo‘lmoqda”.
Erdo‘g‘an Suriyada 7 yildan beri yuz berayotgan fojiaga loqaydlik, Yevropa Ittifoqi davlatlari chegaralarida qochqinlarga shafqatsizcha munosabat, musulmonlarning Myanmadagi genotsidining rad etilishi G‘arbning “asl basharasini” ko‘rsatmoqda, deb aytdi. “Umuminsoniy qadriyatlar va demokratiya o‘rniga islomofobiya, neonatsistlik va irqchilik keldi”, deb aytdi Erdo‘g‘an.
“Islom davlatlariga qurol sotish bo‘yicha ko‘p milliardlik shartnomalardan kim haqiqatan foyda oladi? Musulmonlar o‘rtasidagi adovat kimga qo‘l keladi? Mintaqada chegaralarning yangicha taqsimlanishidan kim naf ko‘radi? Bu savollarga javoblar mintaqadagi tahdidlarga qarshi kurash bo‘yicha yangi qarashni shakllantirishga imkon beradi”, deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

16:39 / 27.05.2023
Dunyo tartibotining yangi arxitekturasi. Kim qaysi tomonda bo‘ladi?

14:22 / 14.01.2023
KGBga 40 yil xizmat qilgan britaniyalik josus ayol qanday fosh bo‘lgandi?

08:52 / 26.08.2021
Tolibon G‘arb davlatlarini ayblamoqda

11:47 / 07.06.2020