Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» yo‘lovchilar uchun menyuni o‘zgartirmoqchi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasida havo kemalari sahnida tortiladigan yangi taomlarni ishlab chiqish yuzasidan Toshkent shahridagi yetakchi restoranlar vakillari bilan hamkorlikdagi ishlar davom etmoqda.
Caravan Group restoranlari tarmog‘i tomonidan taqdim etilgan aviayo‘lovchilar uchun sahn taomlari miqdori va namunalarini takomillashtirish konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.
Bu safar o‘z g‘oyalarini «Sal Sal» restorani va mashhur pazanda Bahriddin Chustiy taqdim qilgan. «Sal Sal» restorani tomonidan taklif etilayotgan taomlarning o‘ziga xos jihati O‘zbekistonning turli hududlaridagi boy oshpazlik namunalaridagi turli-tumanlikni ko‘rsatishdan iborat. Surxondaryocha achchiq-chuchuk, Qo‘qon kabobi va holvasi, Qashqadaryo uslubida ko‘zada tayyorlangan go‘sht, Buxoro shirinliklari, Samarqand quruq mevalari qo‘shilgan shirin kulchalari, buxorocha lo‘la-kabob va h.k.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» vakillariga mamlakatimizning turli hududlarini «ifoda etgan» to‘qqiz xil turdagi kichik kulcha nonlar ayniqsa ma'qul bo‘ldi.
«Sal Sal» restorani biznes-klass, iqtisodiy klass, bolalar ovqati va qisqa, ikki soatgacha davom etadigan qatnovlardagi yengil tamaddi uchun hammasi bo‘lib uchtadan variant taklif qildi. Pishloqni hisoblamaganda, hammasi bo‘lib 57 xil mahsulot turi taklif qilindi.
Milliy aviatashuvchi mutaxassislari Bahriddin Chustiy bilan endi amaliy maqsadlarda: aviakompaniya qatnovlariga joriy etish uchun sahn ovqatlari qoidalariga javob beradigan eng maqbul taomlarni tanlab olish uchun muloqotlarni davom ettiradi.
Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi har mavsumda taomlar turini yangilaydi. Yo‘lovchilarga ularning xohishiga qarab bir necha turdagi taomlar taqdim etiladi, xususan, vegetarian, kosher, diyetik va boshqa xildagi taomlar. Aviakompaniyaning Ketring korxonasi ishlab chiqarish quvvatlari bir kecha-kunduzda 4000 komplekt taom tayyorlash imkonini beradi. Bu Toshkentdan uchib ketadigan, shuningdek tranzit yo‘lovchilarning ehtiyojini qondiradi. Taomlarga bo‘lgan buyurtma «SITA RES» va «SITA DCS» avtomatlashtirilgan tizimlari orqali qabul qilinadi.
Taomlar tarkibiga sharqona ta'mni o‘zida aks ettiruvchi meva, sabzavot va ko‘katlar albatta kiritiladi.
Eng uzoq davom etadigan qatnovlarda kuchli ovqatlar ko‘zda tutiladi. Masalan Toshkentdan Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri 12 soatlik qatnovlarda yo‘lovchilarga uch marta taom tortiladi: nonushta, tushlik va kechki ovqat. Issiq ovqatlarga, ulardagi mahsulotlarning mazasi va foydali xususiyatlarini saqlab qolishi uchun «bir zumda muzlatish» usuli bilan ishlov beriladi. Va albatta, har bir yo‘lovchiga doimo quyoshli yurtimizda yetishtirilgan quruq mevalar va yong‘oqlar taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Jamiyat | 10:24
-
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 10:00
-
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi
Jamiyat | 09:41
-
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

17:03 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?

14:31 / 16.04.2020
«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari yuk tashuvchi sifatida qayta jihozlanmoqda

14:52 / 26.11.2019
Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritilsa, aviachiptalar narxi kamida 20 foizga arzonlashishi mumkin

17:29 / 11.11.2019