O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 20 noyabr kuni bozorlarni qish-bahor mavsumida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash, ularni qayta ishlash ko‘lamini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, ho‘l meva-sabzavotlar eksportini kengaytirish, shuningdek, poliz va meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, uzum xarid qilish bo‘yicha 2018 yilga mo‘ljallangan davlat buyurtmasini shakllantirish vazifalari ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident rasmiy sayti xabar qilmoqda.

Yig‘ilishda hukumat a'zolari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini bajarishga mas'ul vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz boshchiligida ichki va tashqi bozorda xaridorgir bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yer maydonlarini kengaytirish, ularni qayta ishlash hajmini oshirish, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ho‘l meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ko‘paytirishni rag‘batlantirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ichki iste'mol bozorini qish-bahor mavsumida barqaror ta'minlash maqsadida meva-sabzavot mahsulotlarini zaxiraga g‘amlash, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar ehtiyojini ta'minlash bo‘yicha davlat buyurtmasi tizimi joriy qilindi.

Joriy yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xaridorgir turlarini takroriy ekish maydonlari sezilarli darajada kengaytirildi. Sentyabr-oktabr oylarida takroriy ekindan yetishtirilgan qariyb 65 ming tonna mahsulot eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobar ko‘pdir.

Yil boshidan buyon meva-sabzavot mahsulotlari 54 mamlakatga eksport qilindi. Bangladesh, Filippin, Suriya, Tayvan, Iordaniya, Makedoniya va boshqa mamlakatlarda yangi bozorlar o‘zlashtirildi.

Ichki iste'mol bozorida meva-sabzavot mahsulotlari narxining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi tuzildi. Import orqali bozorlarni tanqis va yuqori narxdagi mahsulotlar bilan ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. Hududlar kesimida