Islandiyalik geologlar mamlakatdagi harakatda bo‘lgan eng yirik vulqon Erayvayyokyudl otilishi mumkinligidan ogohlantirishdi. Bu haqda ABC News telekanali xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda vulqonning faolligi sezilarli darajada oshgan. Xavfning «sariq» darajasi e'lon qilindi.

«Vaziyat qanday kechishi bo‘yicha noaniqlik mavjud», - deya xabar berishgan meteorologiya xizmatidan.

Ma'lumot uchun, so‘nggi bor Erayvayyokyudl 1727 yilda otilgan. Bunga qadar esa bunday holat 1362 yilda yuz bergan.