O‘zbekiston | 11:08 / 22.11.2017
9856
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Koreyaning Eksimbanki «O‘zsanoatqurilishbank» ATB uchun kredit liniyasi miqdorini ko‘paytirdi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB va Koreyaning Eksimbanki o‘rtasida hamkorlikni faollashtirish natijasi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 noyabrdagi Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida tadbirkorlik sub'yektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Asosiy banklararo bitimga kredit liniyasi summasi miqdorini 10 milliondan 30 million dollargacha ko‘paytirishni ko‘zda tutuvchi Qo‘shimcha kelishuv imzolandi.

Ushbu bitim bundan keyin ham Koreya Respublikasidan zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlarni jalb qilishga xizmat qiladi. Kredit mablag‘lari Koreya banki tomonidan o‘zbekistonlik tadbirkorlarning uzoq muddatli kreditlash (7 yilgacha, loyiha qiymatining 85 foizgacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirish yo‘li bilan) va qisqa muddatli kreditlash (2 yilgacha, loyiha qiymatining 100 foizgacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirish yo‘li bilan) bo‘yicha talabnomalarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Foto: O‘zsanoatqurilishbank
Foto: O‘zsanoatqurilishbank

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB
Ijro Apparati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid