08:09 / 22.11.2017
8124

Olimlar eng qisqa orbitaga ega sayyorani aniqlashdi

Foto: pixabay.com

NASA’da Keppler koinot qurilmasi yordamida ochilgan yangi sayyora haqida ma'lum qilindi. Qurilma yosh yulduz yonidagi ekzosayyorani aniqlagan. 

Koinot jismiga EPIC 246393474 b nomi berildi. Ta'kidlanishicha, uning massasi sayyoramiznikidan 5 marta kattaroq va o‘z yulduzi atrofida bor-yo‘g‘i 7 soat ichida to‘liq aylanib chiqadi. Sayyora aylanadigan yulduz o‘lchami Quyoshnikidan 33 foiz kichikroq. Astrofiziklar sayyoraning yoshini taxminan 740 mln yilga baholashgan.

Sayyora ortidan 2016 yildan beri kuzatuv olib borilgan. Olimlar, shuningdek, yangi sayyora Yerning o‘lchamidan 5 marta, radiusi esa 1,5 marta kattaligidan kelib chiqib, uning zichligini hisoblab chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, sayyoraning zichligi 8g/sm3 ni tashkil qilgan. Olimlarning ma'lumotlariga ko‘ra, aniqlangan sayyora fanga ma'lum bo‘lgan sayyoralar ichida eng qisqa orbitaga ega. Kashf qilingan sayyoraning o‘z yulduziga shunchalik yaqin joylashganiga sabab uning atmosferasi yo‘qligi hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top