PFL «Nasaf»ga belgilangan 100 mln so‘m jarimaning bir qismini muxlislar to‘lab bermoqchi

Qarshining «Nasaf» klubi muxlislari klubga PFL tartib-intizomi tomonidan belgilangan 100 mln so‘mlik jarima pulini to‘lashda yordamlashmoqchi. Bu haqda Voha muxlislar sayti xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, muxlislar klub tomonidan jarimaga tortilgan summani ma'lum qismini bo‘lsada, o‘zlari to‘lab berish maqsadida xayriya aksiyasi boshlagan.
«PFL» qarori «Nasaf» muxlislarining katta xursandchiligidan keyin, kayfiyatini tushirib yubordi. Bu albatta achinarli hol. «Nasaf» klubining faol muxlislari tomonidan tashabbus guruhi tuzilib, qarorga sabab bo‘lgan voqea keng muhokama qilinmoqda. Aslida voqea qanday bo‘lgani surishtirilmoqda. Ko‘pchilikning fikricha, birinchi bo‘lib Lobanov tomonidan professional futbolchiga xos bo‘lmagan harakat bo‘lganligi aniq bo‘lmoqda. Ya'ni, voqea sodir bo‘lgan joyda o‘tirgan muxlislar bu haqda kerakli joyda, kerakli ko‘rsatma berishga ham tayyor ekanliklarini bildirishmoqda. Voqea va qabul qilingan qaror yuzasidan ayni paytda, rasmiy tashkilotlarga murojaat tayyorlanmoqda. Ammo afsuski, qaror qabul qilib bo‘lindi. Bu qaror muxlislarning eng yaxshi ko‘rgan klubiga nisbatan katta moliyaviy zarar bo‘ldi.
Shu munosabat bilan tashabbus guruhi o‘zaro kelishib, klubga jarimani to‘lashga yordam uchun, mablag‘ yig‘ish ham boshlab yuborildi va muxlis – Ma'ruf Hazratqulov nomiga bankdan maxsus hisob raqami (plastik kartochkada) ochishdi.
Plastik kartochka raqami: 8600 0329 6323 0420
Kimki ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlasa, shu raqamga pul o‘tkazishi mumkin. «Biz hech qachon sevimli klubimizni yolg‘izlatib qo‘ymaymiz!», deyiladi muxlislar bayonotida.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tunisning sobiq prezidenti 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 23:20
-
Rossiya budjeti 2024 yilda migrantlarning patentidan 1,5 mlrd dollar ishladi
Jahon | 22:13
-
Braziliyada havo sharining qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Jahon | 22:02
-
Olimlar birinchi marta Quyoshning sun’iy tutilishi qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
Jahon | 21:52
Mavzuga oid

22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi

11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi

17:54 / 01.11.2024
«Nasaf» – o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempioniga aylanib, Toshkent klublarining 23 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi

00:00 / 24.10.2024