00:15 / 22.11.2017
13591

Putin Saudiya Arabistoni qiroli bilan suhbatlashdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi.

“Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha fikrlar almashildi. Suriyada terrorchilik guruhlariga qarshi kurashdagi muvaffaqiyat bilan bog‘liq holda ixtilofni hal qilish istiqbollariga taalluqli masalalar ko‘rib chiqildi”, deyilgan xabarda.

Putin muloqot chog‘ida Sochida o‘tishi kerak bo‘lgan Suriya milliy muloqoti kongressi Suriya muammosini hal qilish jarayoni va Suriyaaro aloqalarga yangi turtki berishini ta'kidlab o‘tdi. Putin Suriya muxolifatining Ar-Riyodda 22-24 noyabrda o‘tadigan uchrashuvi ham shu yo‘lda xizmat qilishiga umid bildirdi.

Putin Saudiya qirolini Suriya prezidenti Bashar Asad bilan muzokaralari natijalaridan xabardor qildi va unga 22 noyabrda Rossiya, Eron va Turkiya sammitida ko‘riladigan masalalar haqida so‘zlab berdi.

Top