Kechagi gollar shousi ham vaziyatni o‘zgartirmaydi, «Real»ning La Ligadagi navbatdagi mavsumni juda yomon boshlagani – fakt. Buni asoslaydigan bir nechta qo‘shimcha statistik ko‘rsatkichlarga Eurosport o‘z e'tiborini qaratdi.
Zaynidin Zidan

- 12 turdan keyin madridliklik 24 ochko jamg‘arishgan – o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6taga kamroq. O‘shanda «Real» «Barselona»ni 4 ochko ortda qoldirayotgandi, endi esa, 10 ochko orqada bormoqda. Hatto «Valensiya» ham 6 ochkoga ilgarilab ketgan.
- «Real»ning ushbu mavsumdagi eng uzun davom etgan g‘alabali seriyasi – 5 o‘yin. 8 avgustdan 23 avgustgacha. Bu o‘yinlar ichida Yevropa va Ispaniya superkuboklaridagi «MYu» va «Barselona»ga qarshi uchrashuvlar, shuningdek, «Bernabeu» kubogi uchun «Fiorentina»ga qarshi kechgan bahs ham bor. Ya'ni, bu g‘alabalarning Ispaniya chempionatidagi ahvolga aloqasi ko‘p emas.
- «Atletiko»ga qarshi o‘yindagi 0:0 - «Real»ning La Ligadagi so‘nggi 81 uchrashuvidagi birinchi shunday hisob. 2015 yilning sentabrida jamoa «Malaga» bilan golsiz durangga imzo chekkandi.
- Zidanning murabbiylik faoliyatida «Real» ilk marotaba safar o‘yinida gol ura olmadi.
- 12 turning 2-bo‘limlarida «Real» birorta ham ochko ololmadi, ya'ni jamoa ikkinchi bo‘limlarda 1-bo‘limdagi qoniqarsiz hisobni hisobni ijobiy tomonga o‘zgartira olmadi.
Krishtianu Ronaldu

- Ronaldu 8 o‘yinda atigi 1 gol urdi xolos. Bu tempda davom etsa, mavsum oxirida uning urgan gollari 4ta bo‘larkan. Taqqoslash uchun, o‘tgan mavsumning 12-turidan so‘ng portugaliyalik hujumchi hisobida 8 gol bor edi. To‘g‘ri, u o‘tgan mavsumda diskvalifikatsiya o‘tamagandi, lekin Yevro-2016 dagi jarohat tufayli, tiklanish jarayonida bo‘lgandi.
- Ronaldu bu mavsumda biror marta ham to‘pni raqibidan olib qo‘ymadi yoki egallab olmadi. Ligada bunday o‘yinchilar soni 6 nafar xolos. Ulardan 4 nafari darvozabonlardir. Krishtianu himoyalanishni butkul esdan chiqarganga o‘xshaydi.
- Ligada faqat Messi (72) raqib darvozasiga Ronaldu (55) dan ko‘ra ko‘proq zarba yo‘llagan. Messi hisobida 12 gol bor.
Karim Benzema

















