Sun'iy urug‘lantirish to‘g‘risida Musulmonlar idorasining fatvosi chiqadi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Ulamolar Kengashining sun'iy urug‘lantirish bo‘yicha fatvosi chiqadi. 18 noyabr kuni Diniy idora raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari diniy soha xodimlari ishtirokida majlis o‘tkazgan edi. U huquqbuzarlikka qarshi kurash borasidagi vazifalar ijrosi hamda mavjud muammolarni hal etish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘tkazgan videoselektordagi muhokamalarga bag‘ishlandi. Bu haqda Idora matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qildi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bugungi kunda O‘zbekiston jamiyatida kuzatilayotgan sun'iy urug‘lantirish masalasiga alohida to‘xtaldi.
“Diniy idoraning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limiga ushbu masala yuzasidan murojaatlar bo‘lmoqda va Fatvo bo‘limiga ham savollar kelib tushmoqda. Hatto ayrimlar yetti yot begona insonning urug‘idan homilador bo‘lib, qilgan ishi joiz emasligini bilgach, endi nima qilaman, deb bosh qotirmoqda. Xo‘sh, sun'iy urug‘lantirish borasida dinimiz ta'limotida nima deyiladi, qanday usuli joiz-u, qaysisi harom? Mo‘min-musulmonlar ham bu usullardan foydalansa bo‘ladimi? Shu kabi savollarga batafsil javob beruvchi, ushbu masalalarga aniqlik kirituvchi barcha hukm va ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan fatvo ishlab chiqish va xalqimizga yetkazish zarur”, - deya ta'kidlagan Muftiy hazratlari.
Shuningdek, Usmonxon Alimov ayollar va yosh bolalarga zulm qilish kabi jamiyatimizda uchrab turgan noxush xolatlar og‘ir gunoh ekani, shuningdek, G‘arbdan kirib kelayotgan milliy va diniy qadriyatlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan eng jirkanch illatlarga qarshi fatvolar e'lon qilish orqali kurashish muhimligini alohida qayd etib o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlandi
Jahon | 18:30
-
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi
Jahon | 18:28
-
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 18:26
-
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida
Jahon | 18:18
Mavzuga oid

18:33 / 05.04.2022
Diniy soha vakillari va rasmiylar «Bag‘rikenglik bog‘i»da ko‘chat o‘tqazishdi (foto)

22:00 / 17.01.2022
O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun umra to‘lovi oshirilganiga izoh berildi

19:21 / 16.08.2021
Ishtixonda muftiy Usmonxon Alimovning janoza namozi o‘qildi

14:11 / 16.08.2021