Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Putin Markaziy Osiyodagi vaziyatni ham muhokama qilgan
Foto: RIA «Novosti»
AQSh va Rossiya prezidenti Donald Tramp hamda Vladimir Putin telefon muloqoti davomida terrorga qarshi kurash, Suriya, Ukraina va KXDR bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilgan. Bu haqda Oq uy xabarida aytiladi.
Oq uy ma'lumotlariga ko‘ra, muloqot bir soatdan ortiq davom etgan.
"Prezidentlar Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida 11 noyabr kuni berilgan qo‘shma bayonotni qo‘llab-quvvatlashlarini tasdiqlashdi. Har ikki prezident BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-son rezolyutsiyasi amalga oshirilishi, BMT shafeligidagi Jyeneva jarayoni qo‘llab-quvvatlanishi muhimligini ta'kidlab o‘tishdi. Bu Suriyadagi fuqarolik urushiga tinch yo‘l bilan yechim topishda, gumanitar inqirozga yakun yasashda, suriyalik qochqinlarning o‘z uylariga qaytishlarida, yagona Suriya barqarorligini ta'minlashda kerak", - deyiladi xabarda.
"Prezidentlar Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda terrorizm bilan birgalikda kurash olib borish muhimligini ta'kidlashdi, shuningdek, IShID, “Al-Qoida”, “Tolibon” va boshqa terrorchilik tashkilotlari bilan kurash bo‘yicha bo‘lajak hamkorlik yo‘llarini o‘rganib chiqishga rozilik berishdi", - deyiladi Oq uy xabarida.
"Prezident Tramp va prezident Putin Ukrainada uzoq muddatli tinchlikka erishishni, Shimoliy Koreyaga xalqaro bosimni davom ettirish lozimligini ham muhokama qilishgan", - deya xulosa qilishgan Oq uydan.
AQSh yetakchisi Donald Tramp esa RF prezidenti bilan telefon muloqotini “ajoyib” va “mustahkam” deb atagan.
Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
22:15 / 04.12.2025
BRICS yagona valutasini joriy etishga shoshilishdan ma’no yo‘q – Putin
15:45 / 04.12.2025
Neft, qurol va geosiyosat. Putin nega Hindistonga davlat tashrifi bilan kelmoqda?
08:52 / 04.12.2025