O‘zbekiston | 16:30 / 22.11.2017
7545
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligida dori-darmonlar ishlab chiqariladi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekistonda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tizimida O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligi ko‘rinishida yuqori natijali dori-darmonlarni ishlab chiqarishga kelishildi. Shartnomalar doirasida O‘zbekistonga bu yo‘nalishda 25 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya qilinadi.  

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, «Dalim BioTech», «Yuhan Corporation» va «Erae» kabi yirik kompaniyalar bilan bitimlar tuzilgan. Tomonlar investitsion loyihalarning tezkor amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan 7 ta yangi, erkin farmatsevtik zonalarga alohida e'tibor qaratildi. Koreya Respublikasi kompaniyalari O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni e'tirof etib, O‘zbekiston bilan hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish va investitsiya mablag‘larini ko‘paytirish borasida aniq xulosaga kelganliklarini aytib o‘tishdi.​

Mavzuga oid