2018 yilda transport sohasi uchun 5 bashorat: kosmosdagi turistlar va uchar Teslalar

Foto: Fortune uchun Sem Pit illyustratsiyasi
Fortune nashri 2018 yilda transport sohasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yangiliklarga doir 5 bashoratini e'lon qildi. Nashr bugungi kunda yetishgan yutuqlarimizga qarab, kelgusi yilda yer osti, yer usti va kosmik transportlar bilan nimalar ro‘y berishini taxmin qilib chiqqan.
Pilotsiz boshqariluvchi mashinalar yo‘llarda bug‘ularni urib yuboradi
Pilotsiz boshqariluvchi avtomobillar ishtirokidagi avariyalar onda-sonda uchrab turgani bois, bunday voqealarning har biri butun sayyora bo‘ylab tarqalmoqda. 2018 yilda pilotsiz boshqaruv dasturlari sinovlari shu qadar ko‘payadiki, ularning ishtirokidagi baxtsiz hodisalar ham statistik jihatdan oshadi. Ruldagi insonsiz sinov o‘tkazish uchun yangidan yangi zonalar vujudga keladi. Bularning barchasi texnologiyalarning rivojlanishiga, shuningdek, qurbonlarga olib keladi. Masalan, sinalayotgan mashina oldiga o‘rmondan bug‘u yugurib chiqadi.
Hyperloop — geosiyosiy musobaqa quroliga aylanadi
Mamlakatlar bu loyihani amalga oshirish tezligi bo‘yicha musobaqalashishga o‘tadi, lekin hali uni hayotga tatbiq etishga erta. G‘oya Yaqin Sharqda ko‘proq mashhurlikka erishgan. Cho‘ntaklari chuqur mahalliy investorlar unga mahkam yopishib olishgan. O‘shandan beri loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha olamshumul muddatlar paydo bo‘lmoqda — ular uchun bu o‘ziga xos qurollanish poygasi. Fortune’ning hisoblashicha, sharqiy mamlakatlar uchun loyiha amaliy ahamiyatdan ko‘ra, nufuz jihatidan muhimroq. 2018 yil ham buni tasdiqlab beradi. Hyperloop’ning asosiy qismi aynan Hype bo‘ladi. Yana u yoki bu joyda Hyperloop’ning yangi tarmog‘i qurilayotgani haqida yangiliklar taralib turadi. Ishlanmalarning o‘zi esa o‘rtacha tezlikda amalga osha boshlaydi.
Elektromobillar savdosi nihoyat 1 milliondan oshadi
LMC Automotive’ning bashorat qilishicha, 2018 yilda elektrokarlarning savdosi joriy yilga nisbatan 70 foizga oshadi. Butun dunyo bo‘ylab taxminan 1 millionta avtomobil sotiladi.
Turistlar koinotga parvoz qilishadi
2018 yilda Mask va Brenson koinotga turistik kemalarni uchirishmoqchi. Brenson yaqinda o‘z kemasida yarim yildan keyin parvoz qilishga tayyor ekanligini aytib o‘tgan edi. Nashrning yozishicha, kemadagi ilk yo‘lovchilar yulduzlar bo‘lishadi va bu ham trendga o‘xshash narsa bo‘ladi. Hamma ham Mask va Brensonning kemasida uchib ko‘rishni istab qoladi.
Tesla uchar avtomobil ishlab chiqarishini e'lon qiladi
Nashrning eng balandparvoz bashorati. Taxmin qilinishicha, Kremniy vodiysida uchar avtomobillar ustida ish olib borayotgan kompaniyalarning konsentratsiyasi shunday darajaga yetishganki, Ilon Maskning bu sohaga ham o‘zini urishdan boshqa iloji qolmaydi. U bu borada o‘zining shaxsiy kompaniyasini tuzadi va shaharlar ichida uchib yuruvchi apparat yaratish uchun Kitty Hawk va Uber bilan bir qatorda ishni boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Jahon | 00:39
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
Mavzuga oid

15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi

00:53 / 21.05.2025
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi

22:14 / 13.05.2025
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi

20:55 / 09.05.2025