00:27 / 23.11.2017
13577

Hind harbiylari rekord o‘rnatish uchun bir mototsiklda 58 kishi bo‘lib harakatlanishdi

Foto:twitter.com/AFP

Turli jarohatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mototsiklda harakatlanish qiziqarli bo‘lishi ham mumkin, ayniqsa unda siz bilan yana 57 do‘stingiz ketayotgan bo‘lsa.

Hindiston armiyasi korpusining mototsiklchilari jamoasi jahon rekordini yangilash maqsadida bitta mototsiklda 58 kishi bo‘lib harakatlanishdi. Ular shu alfozda 1200 metr yurib o‘tishga ham muvaffaq bo‘lishgan. Ginnes rekordlar kitobiga ko‘ra, jamoa rekord natija qayd qilishga ariza bergan, biroq mototsiklchilarga rekordchi unvonini berishdan avval barcha talablar bajarilganini tekshirib chiqish lozim.

Foto: twitter.com/AFP

Ayni vaqtda bu borada rekordchilar Hindiston armiyasi korpusining “Baloyi azimlar” jamoasi hisoblanadi. Jamoa a'zolari 2013 yilda bir mototsiklda 56 kishi bo‘lib harakatlana olishgan.

Top