Koreya prezidenti O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning muhim davlati deb atadi

Mun Je In Mirziyoyevni Koreyaga nima uchun taklif qilganiga izoh berdi, deb yozadi "Xalq so‘zi" nashri.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida Janubiy Koreya – O‘zbekiston biznes-forumida qatnashdi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Je Inning forum ishtirokchilariga qutlovi o‘qib eshittirildi.
Yonhap agentligi mamlakat yetakchisining so‘zlaridan iqtibos keltirgan:
– Yangi siyosat doirasida, Yevroosiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish uchun yangi komissiya tuzishni, shuningdek, iqtisodiy, transport va energetika singari turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Ushbu reja markazida Markaziy Osiyoda muhim davlat sanaluvchi O‘zbekiston bor. – degan Mun Je In.
Janubiy Koreya Prezidenti o‘zbekistonlik hamkasbini shuning uchun Seulga davlat tashrifi bilan taklif qilgan.
"Men O‘zbekiston Prezidentini Markaziy Osiyo mamlakatidan birinchi davlat rahbari sifatida mamlakatga tashrif buyurishga taklif qildim va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni davom ettiraman", degan Janubiy Koreya Prezidenti o‘zining Chxonvade qarorgohi bayonotiga tayangan holda.
Mun Je In va Shavkat Mirziyoyev kunning ikkinchi yarmida tor va keng doirada muzokaralar olib borishi kutilmoqda. Kechga borib, O‘zbekiston Prezidenti hamda uning rafiqasi sharafiga Mun Je In va uning turmush o‘rtog‘i tomonidan bayram dasturxoni yoziladi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
Jahon | 17:37
-
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
Fan-texnika | 17:14
-
Misr Qoraqalpog‘istonda ekologik loyihalarga investitsiya kiritadi
O‘zbekiston | 17:05
-
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024