Koreya O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarni 3 asosiy strategik yo‘nalish bo‘yicha rivojlantiradi

Foto: Prezident matbuot markazi
Bugun, 23 noyabr kuni Seul shahrida Shavkat Mirziyoyev o‘zining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasida Koreya – O‘zbekiston biznes forumida ishtirok etdi.
Forumda ikki davlatning iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakchi ishbilarmonlari qatnashishdi.
Prezident Mirziyoyev so‘zga chiqib bo‘lganidan so‘ng so‘z navbatini Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Kim Dong-yon oldi. U O‘zbekiston prezidentining nutqini katta hayajon va qiziqish bilan tinglaganini ta'kidladi. U hali ish amaliyotida o‘z mamlakati rivojlanishi va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun shunchalik katta e'tibor qaratgan davlat rahbarini uchratmaganini aytib o‘tdi. Janob Kim Dong-yon shuningdek, xorijiy davlat rahbarini aeroportda kutib olish uchun koreys protokoli tarixida ilk bor bosh vazirning o‘rinbosari darajasidagi amaldor yuborilgani, bu ham Koreya rahbariyati va xalqi tomonidan O‘zbekistonga hurmat va qiziqish yuqori ekanligidan darak berishini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vaziri Bek Un-gyu chiqish qildi. U koreys tomoni O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarni uch asosiy strategik yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirishi mumkinligini qayd etdi: birinchisi — yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish; ikkinchisi — nodir metallarni qazib olish va gaz-kimyo sohasidagi biznesni rivojlantirish; uchinchisi — tiklanuvchi energiya sohasida biznesni rivojlantirish. U shuningdek, ta'lim sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish ahamiyati haqida gapirdi. Janob Bek Koreya Navoiydagi logistika markazini mintaqada o‘z sohasidagi yetakchilar qatoriga chiqarishga intilishini ta'kidlab o‘tdi.
Forum qatnashchilariga Koreya Respublikasi parlamenti a'zosi, janob Song Yung-gil ham murojaat qildi. Uning qayd etishicha, o‘zbek xalqining mislsiz mehmondo‘stligi va keng qalbi tufayli o‘tgan asrning murakkab yillarida yirik koreys diasporasi o‘zbek zaminida qo‘nim topgani va so‘ngra o‘zbek jamiyatiga singib ketganini qayd etib o‘tdi. U shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev biznes forumda chiqish qilib, davlat rahbari xorijiy tadbirkorlar va investorlar bilan qanday muloqot qurishi kerakligi borasida chinakam master-klass o‘tib berganini ta'kidladi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj
O‘zbekiston | 12:36
-
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi
Jahon | 12:20
-
Toshkentda L9 haydovchisi tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi. Faollar unga ko‘rilgan chorani yengil deb baholashmoqda
O‘zbekiston | 12:16
-
O‘zbekiston Rossiyadan turistlar oqimini oshiradi
O‘zbekiston | 12:05
Mavzuga oid

18:49 / 29.05.2025
Janubiy Koreyada harbiy samolyot halokatga uchradi

19:53 / 28.05.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt statistika to‘plash uchun odamlarga telefon qiladi

10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit

00:47 / 24.05.2025