17:49 / 23.11.2017
29379

QVZda finalchilar nomi ma'lum bo‘ldi

Foto: QVZ

Joriy yilning 15 va 22 noyabr kunlari “Turkiston” san'at saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining chorak finalida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘rtasida yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. 

Yarim final bellashuvlarida Toshkent moliya institutining “Moliyachi”, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Targ‘ibot”, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar”, Nukus davlat pedagogika institutining “Turon”, Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining “Barkamol avlod”, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “O‘zbegim”, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Dizayn”, O‘zbekiston milliy universitetining “Shovvozlar”, Toshkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar”, Termiz davlat universitetining “Surxon yoshlari”,  Navoiy davlat konchilik institutining “T.B.T.”, Andijon mashinasozlik institutining “Beklar” jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Foto: QVZ

Qiziqarli va shiddatli o‘tgan bellashuvlar natijalariga ko‘ra, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Targ‘ibot”, Toshkent moliya institutining “Moliyachi”, Toshkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar”, Navoiy davlat konchilik institutining “T.B.T.” hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Dizayn” jamoalari ko‘rik-tanlovning final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Foto: QVZ

Ko‘rik-tanlovning yakuniy final bellashuvi joriy yilning 14 dekabr kuni “Istiqlol” san'at saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top