Mustaqillik yillarida Qozog‘iston fuqaroligini bir milliondan ortiq kishi qabul qildi

Foto: Nur.kz
Qozog‘iston fuqaroligini mustaqillik yillarida bir milliondan ortiq kishi qabul qildi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.
Kutilishicha, yaqin vaqt ichida yangi farmon imzolanadi, unga ko‘ra yana 734 kishi Qozog‘iston fuqarosiga aylanadi. Bu insonlarning bari respublikaga yaqin va uzoq xorij davlatlaridan kelgan.
"Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan beri bir milliondan ortiq inson fuqarolarimiz bo‘lishdi, bu Qozog‘iston Nursulton Nazarboyev boshchiligida ishonchli ravishda rivojlanib borayotgan davlat sifatida qabul qilinishidan darak beradi", - deya ta'kidlab o‘tgan QR davlat maslahatchisi Gulshara Abdikalikova.
Qozog‘iston prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishida ushbu mavzu muhokama qilindi. 2017 yilning may oyida bo‘lib o‘tgan avvalgi uchrashuvda komissiya a'zolari 640 kishiga fuqarolik taqdim etish masalasini ko‘rib chiqqandilar.
Shu bilan birga, Qozog‘iston fuqarolikdan mahrum qilish mumkin bo‘lgan qoidalarni kuchaytirmoqda. Mamlakat qonunchiligiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar 2017 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46
-
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
Jahon | 21:25
-
Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Shryoderning hisobraqamini bloklagan - Bild
Jahon | 21:10
-
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Jahon | 20:17
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025