19:47 / 23.11.2017
48213

Shahrixondagi oila boshlig‘i paxtaga ketganida uy yonib ketdi. Endi unga ko‘mak kerak

Bundan ikki hafta avval KUN.UZ saytiga murojaat kelib tushgan edi.

Unda aytilishicha, Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Do‘lan qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ilyosbek Abdullayev o‘tgan oyda uyushmagan aholi sifatida Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumaniga paxta terimiga ketgan paytida - 20 oktabr kuni to‘rt xonalik uyi baxtsiz hodisa tufayli yonib ketgan. Xonadon sohibining bildirishicha, o‘sha kuni qarovsiz qolgan xonadonga o‘t ketishiga elektr liniyasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Ikki farzandli oila ayni paytda yashash joyisiz qolmoqda.

Falokatdan jabr ko‘rgan xonadon egasi tuman hokimligiga murojaat qilgan, uning holatini o‘rganish uchun mas'ul shaxslar kelgan. Shundan so‘ng tuman hokimligi tomonidan 25 dona shifer keltirilgan. Bundan ortiq yordam bo‘lmagan. 25 dona shifer bilan esa boshpana bitib qolmaydi. Jabrlanuvchining tuman hokimligiga qilgan keyingi murojaatlari esa besamar bo‘ldi.

Qish yaqin. Kun sayin harorat pasaymoqda. Abdullayevlar xonadoni mahalla va qarindosh-urug‘lar yordamida bir xonali uyni bitkazib, qishning qorli va qirovli kunlarigacha boshpanaga kirib olish haqida o‘ylamoqda. Hozirda bir xonali uy qurishga chog‘langan Ilyosbek bor harakatini uni bitirishga qaratgan. Lekin, ma'lumki, uy qurish uchun juda ko‘p qurilish materiallari zarur. Qurilish materiallari esa pulga sotiladi. Ayni paytda bu oilada uyni bitirish uchun mablag‘ yo‘q va ular yaxshi kishilarning ko‘magiga muhtoj.

Abdullayevlar xonadoniga bevosita mablag‘ bilan yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun plastik karta raqami:

plastik karta orqali:(Click. Payme)

Agrobank - 8600 0423 0566 2602

Mavzuga oid
Top