Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes-forumida ishtirok etdi
Foto: Prezident matbuot markazi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi.
Davlatimiz rahbari 23 noyabr kuni ikki mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakchi ishbilarmonlari ishtirokidagi Janubiy Koreya –O‘zbekiston biznes-forumida qatnashdi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning forum ishtirokchilariga qutlovi o‘qib eshittirildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgani, O‘zbekistonda biznes yuritish uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdi, O‘zbekiston Koreya Respublikasi biznes vakillari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi.
Janubiy koreyalik moliya va ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonda faol biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorliklarini ma'lum qilishdi.
So‘zga chiqqanlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojida janubiy koreyalik sarmoyadorlarlar faoliyati muhim o‘rin tutayotganini ta'kidladilar.
Koreya Respublikasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etgan investitsiyalari hajmi 7 milliard AQSh dollaridan oshgan. Yurtimizda mazkur mamlakat kapitali ishtirokida 461 korxona faoliyat yurtitmoqda.
Mazkur korxonalar neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, qazish, mashinasozlik, elektrotexnika hamda to‘qimachilik sohalarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport va logistika hamda turizm yo‘nalishlarida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
21:21 / 26.12.2025