O‘zbekiston va Janubiy Koreya deyarli 9 mlrd. dollarlik kelishuvlarni imzoladi

Foto: Prezident matbuot markazi
O‘zbekiston va Janubiy Koreya Shavkat Mirziyoyevning Seulga davlat tashrifi birinchi kuni 8,9 milliard dollarlik hujjatlar hamda kelishuvlarni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining tashrifini yoritish bo‘yicha matbuot markazi xabar bergan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 75 ta hujjat imzolandi. Xususan, energetika va neftgazkimyo sohasida – 2,95 mlrd. dollarlik, bank-moliya sohasida – 2,7 mlrd. dollarlik, qurilish va infratuzilmani rivojlantirishda – 1,7 mlrd. dollarlik kelishuvlar imzolangan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi, «Olmaliq TMK» AJ va Koreya noyob metallar instituti (KIRAM) ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida «yo‘l xaritasi»ni imzolashdi. Koreya xodimlarni rivojlantirish instituti va O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlik hamkorlik haqida memorandum, Koreya xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligi (KOICA) hamda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi 25 noyabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

12:36 / 24.04.2025