O‘zbekistonda yangi davlat mukofoti ta'sis etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 21 noyabr kuni «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini ta'sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga har yili «Yoshlar kuni» arafasida topshirish haqidagi taklifi ma'qullandi.
Belgilab qo‘yilishicha:
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste'dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan iqtidorli yigitlarga fan, ta'lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san'at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi;
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Uning natijalariga ko‘ra Komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga takliflar kiritiladi;
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi;
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida belgilanadi;
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta'lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining o‘quvchilari oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy o‘quv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Davlat mukofoti o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste'dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, ta'lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san'at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, Ukrainani mustahkamlash kerak bo‘ladi
Jahon | 09:47
-
Rossiyaga tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:26
-
Shols AQShning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 09:10
-
Qushbegi dahasidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 08:41
Mavzuga oid

13:12 / 03.03.2025
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi

14:18 / 03.02.2025
Diyora Keldiyorova xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan «Yil voqeiyligi» mukofotini qo‘lga kiritdi

13:45 / 29.01.2025
Hind vodiysi yozuvini o‘qiy olgan kishiga 1 mln dollar mukofot e’lon qilindi

11:38 / 25.01.2025