O‘zbekistonda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida yangi uslubdan foydalaniladi

Foto: Pressfoto
Joriy yilning 10 oylik davrida «O‘zbekenergo» AJ tomonidan 44,9 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 39,9 milliard qismi iste'mol uchun hududlarga yetkazib berilgan. Bu haqda jamiyat boshqaruv raisi o‘rinbosari Ro‘ziqul Rayimov KUN.UZ muxbiriga ma'lum qildi.
Uning aytishicha, ishlab chiqarilgan energiyaning eng katta qismi Navoiy viloyatiga yo‘naltirilmoqda.
«Navoiy viloyatida joylashgan «Navoiy tog‘ kon metallurgiya kombinati», Navoiy sement zavodi hamda kimyo sanoatiga oid ishlab chiqarish korxonalari ko‘p elektr energiya sarfini talab qiladi. Respublika bo‘ylab ishlab chiqarilgan energiyaning bor-yo‘g‘i 26 foizigina aholi iste'moli uchun yetkaziladi», – dedi u.
Shunday vaziyatlarda energiyadan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida «O‘zbekenergo» AJ 2018 yil 1 yanvardan boshlab hisoblashning yangi tariflash setkasini e'lon qilmoqda.
«Bizning maqsadimiz elektr energiyasini ishlab chiqarishni yanada oshirish emas, balki mavjud resurslardan samarali foydalanishdir. Shunday qilib, biz yangi hisoblash tarifikatsiyasini ishlab chiqdik. Unga ko‘ra, ertalab va oqshomda energiyadan foydalangan sanoat va ishlab chiqarish korxonasi belgilangan narxdan 1,5 baravar qimmatroq to‘lovni bajaradi. Aksincha, kechqurun, energiyaga ehtiyoj pasaygan paytda ish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan korxona esa belgilangan narxdan 1,5 baravar arzon to‘laydi», – deb xabar beradi Ro‘ziqul Rayimov.
Ma'lum qilinishicha, birgina korxona energiyaga bo‘lgan ehtiyojini 500 megavatt soatga kamaytirsa, 4ta tumanda istiqomat qilayotgan aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash mumkin.
«O‘zbekenergo» AJ rahbariyati ana shunday tarzda sarflangan energiyani narxlash va aholiga nisbatan kelgusida tatbiq etilishi rejaga kiritilganini ta'kidlab o‘tdi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi
Jahon | 21:31
-
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Jahon | 21:14
-
Ukrainaning Rossiya aerodromlariga kutilmagan hujumlari urushda burilish nuqtasi bo‘ladimi?
Jahon | 20:53
-
«Missiya yakunlandi». «Vagner» XHK Malidan ketishini e’lon qildi
Jahon | 20:33
Mavzuga oid

09:14 / 28.07.2020
«O‘zbekenergo» ma'muriy binosi savdoga qo‘yiladi

13:19 / 02.08.2019
Energoresurslar narxi nega oshirildi - Jamshid Qo‘chqorovdan javoblar

19:15 / 01.08.2019
«O‘zbekenergo» «O‘ztransgaz»dan qancha qarzdor?

22:31 / 30.04.2019