18:00 / 24.11.2017
14762

Donbassdagi mojaro qachon keskinlashishi mumkinligi aytildi

Foto: Getty Images

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukraina bo‘yicha maxsus monitoring missiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Xugning ma'lum qilishicha, Donbassdagi mojaro ob-havo harorati sovib borishi bilan yanada keskinlashadi.

«Yer muzlab qolganida, afsuski, og‘ir qurol-yarog‘larni bir joydan boshqasiga olib o‘tish yanada yengillashadi», - deya Xugning so‘zlarini keltiradi Deutsche Welle.

Uning xabar qilishicha, so‘nggi haftalarda Donbassda o‘t ochishni to‘xtatish rejimining doimiy buzilishi holatlari kuzatilmoqda.

Top