Fan-texnika | 23:05 / 24.11.2017
4628
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook va Airbus internet tarqatuvchi uchuvchisiz qurilmalar ustida ishlamoqda

Foto: hi-news.ru

Facebook va Airbus Xalqaro elektroaloqa ittifoqida chastotalar spektrini oshirish imkoniga birgalikda erishish va xalqaro aviatsion qoidalarga tuzatishlar ishlab chiqish maqsadida birlashdi, deb yozadi Flight Global. 

Bir qaraganda, ijtimoiy tarmoqlar platformasi va aerokosmik texnika ishlab chiqaruvchisi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin deb o‘ylash mumkin, biroq ularning ikkisi ham quyosh batareyalarida ishlovchi avtonom havo tizimlarini yaratadi. Oddiy qilib aytganda, 21.3 km balandlikda uchuvchi avtonom boshqaruvli qurilmalar chekka hududlarda keng qamrovli internet tarqatadi. 

Airbus kompaniyasi to‘xtovsiz parvoz qilish bo‘yicha rekord o‘rnatgan (14 kun) Zephyr UAV nomli T-sifat dumli uchuvchisiz qurimalar sinovlarini o‘tkazmoqda.

Bu vaqt ichida Facebook kompaniyasi Aquila UAV uchuvchisiz qurilmasining ikki muvaffaqiyatli parvozi haqida rasman e'lon qildi. Parvozlar yerdan ko‘plab dispetcherlar, uchuvchilar va muhandislar tomonidan boshqarilmoqda. Qurilma atigi 130 km/s tezlikda parvoz qilmoqda, bu energiya tejash uchun maxsus belgilangan tezlik. Taxminlarga ko‘ra, Aquila 90 kungacha qo‘shimcha zaryadsiz parvoz qilib, 40-80 km kv radiusda 30 Gb/s'dan ortiq tezlikda keng tarmoqli internet tarqatishi mumkin. 

"Biz soxta sun'iy yo‘ldoshlar uchun chastotalar spektrini oshirish, xalqaro aviatsiya qoidalariga tuzatishlar taklif qilish va chekka hududlarda internet tarqatish uchun HAPS ayni muddao ekanini isbotlash maqsadida Airbus bilan birlashdik", - deb yozadi Facebook.

Rejaga ko‘ra, ular 2019 yilning oktabriga belgilangan Jahon radiokommunikatsiya konfrentsiyasida o‘z g‘oyalari mahsulini namoyish qilishadi.

Mavzuga oid