Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda yangi prezident Sooronbay Jeenbekov lavozimiga kirishdi
Foto: RIA «Novosti»
Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekov qasamyod qabul qildi va rasman mamlakat prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi. U respublikaning beshinchi prezidenti bo‘ldi.
Qirg‘iziston prezidentlik saylovi 15 oktabrda bo‘lib o‘tgan edi. Sobiq bosh vazir Jeenbekov hukmron Sotsial-demokratik partiyadan nomzodini ilgari surgan, ovoz berish jarayonida bevosita ishtirok etgan 56 foiz saylovchining 54 foizidan ortig‘i uni qo‘llab-quvvatlagan edi.
Tantanali marosim Bishkek yaqinidagi "Ala-Archa" davlat qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda. Unda 450 faxrli mehmon ishtirok etayapti.
Jeenbekov, konstitutsiyaga qo‘lini qo‘yar ekan, tantanali ravishda "davlat rahbari vakolatlarini adolat bilan ado etishlikka, inson va fuqaro huquqlarini muhofaza qilishga, konstitutsiyaga qat'iy amal qilishga, xalq birligi, davlat yaxlitligi va xavfsizligini himoya qilishga" qasamyod qildi.
Shundan so‘ng, MSK rahbari Nurjan Shayldabekova unga prezidentlik guvohnomasi, ko‘krak nishoni va prezident shtandartini taqdim etdi.
Qirg‘iziston prezidenti, mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, 6 yil muddatga umrida bir marta saylanadi.
Mavzuga oid
09:20 / 05.12.2025
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
10:00 / 01.12.2025
Qirg‘izistondagi saylovlar: Japarovga sodiq nomzodlar deyarli barcha okrugda g‘alaba qozondi
17:04 / 30.11.2025
Muxolifatchilar hibsga olinishi va energetika inqirozi. Qirg‘izistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari qanday sharoitda o‘tmoqda?
11:20 / 30.11.2025