Robino 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Braziliyalik hujumchi Robino Italiya sudi tomonidan 9 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda ANSA xabar tarqatdi.
«Milan» klubining sobiq futbolchisi 2013 yil yanvarida, Milan shahri diskotekalaridan birida zo‘ravonlik qilishda aybdor deb topildi. U bilan yana 5 nafar sherigi ham bo‘lgan va ular ham turli muddatlarga qamoq jazosiga mahkum qilingan.
Qayd qilish joizki, hozircha, 33 yoshli futbolchi panjara ortiga yo‘l olmaydi. Uning advokatlari sud qarori yuzasidan apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda.
Robino 2009 yilda, «Manchester Siti» futbolchisi bo‘lganida ham shunday ayb bilan qo‘lga olingandi, ammo o‘shanda u oqlangandi.
Ayni vaqtda 33 yoshli futbolchi Braziliyada yashamoqda va «Atletiko Mineyro» klubi safida to‘p surmoqda.
U Braziliya termasida 99 uchrashuv o‘tkazgan, ikki marta Konfederatsiyalar Kubogida g‘alaba qozongan, bir marta — Amerika Kubogi sohibi bo‘lgan. U 2010-2015 yillarda «Milan» a'zosi bo‘lgan. U jamoa bilan bir marta Italiya chempionligiga erishgan.