Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sha'nimga dog‘ tushirmagan farzandlarimga rahmat» - Atamboyev
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev davlatning yangi rahbari Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiya marosimi vaqtida o‘z rafiqasi va farzandlariga, ular mamlakatga olti yil davomida rahbarlik qilganida sha'niga dog‘ tushirishmagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
15 oktabr kungi umumxalq saylovlarida g‘alaba qozongan Jeenbekov juma kuni qasamyod keltirdi va davlat rahbari lavozimiga rasman kirishdi.
"Qirg‘iziston Respublikasining yangi prezidenti lavozimiga kirishdi. Shu bilan mening prezident sifatidagi ishim yakunlandi. Yaratganga shukr. Barcha fuqarolarga, tarafdorlarimga doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. Rafiqam, sobiq birinchi xonimga va farzandlarimga ham rahmat. Ular olti yil davomida sha'nimga dog‘ tushirishmadi", - deya ma'lum qildi Atamboyev.
Uning ishonch bildirishicha, yangi prezident "Qirg‘izistonning taraqqiyot va farovonlik yo‘lidan borishini ta'minlaydi".
"Bizning barcha do‘stlarimiz – xalqaro sheriklar, tashkilotlar, donorlar va institutlarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Qirg‘iziston xalqining sabri, mehnatsevarligi va sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz tufayli o‘tgan vaqt davomida hayotiy muhim sohalarda qator islohotlarni amalga oshirishning uddasidan chiqdik. Asosiysi – mamlakatda barqarorlik va tinchlik o‘rnatildi", - deya ta'kidlab o‘tdi Atamboyev.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026