Singapurda 2022 yildan haydovchisiz avtobuslar harakatlana boshlaydi
O‘ziyurar mashinalar oddiy haydovchilar o‘rinini bosa olmaydi, biroq mavjud transport infratuzilmasini yaxshilashga va to‘ldirishga yordam beradi. Bugungi kunda Singapurda ushbu texnologiyani ishlab chiqish va sinash bilan 10 ga yaqin turli kompaniya shug‘ullanmoqda, deb xabar bermoqda Clean Technica.
Singapur yo‘llarida 2022 yildan haydovchisiz avtobuslar paydo bo‘ladi. Bu haqda mamlakat transport vaziri Kxu Bun Van ma'lum qildi. Birinchi avtobuslar Singapurning uchta turli okrugida, qatnov nisbatan kamroq bo‘lgan yo‘llarda qatnay boshlaydi.
Ilk o‘ziyurar mashinalar 4 yildan keyingina qo‘llana boshlashi sababli, Singapur bu borada birinchi bo‘lmaydi. Biroq u avtonom avtobuslardan foyda oladigan ilk davlat bo‘ladi.
O‘ziyurar mashinalar haydovchilar o‘rnini egallashi haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Aksincha, orolda haydovchilar yetishmaydi va o‘ziyurar avtobuslar avtotransport parkini kengaytirishga, yo‘nalishlarni qulay qilishga va Singapur aholisini jamoat transportidan foydalanishga ko‘ndirishga imkon beradi.
Ma'lum qilinishicha, har bir o‘ziyurar avtobus 36 ta o‘rindiq va 33 ta turib ketiladigan joyga mo‘ljallangan. Bunday avtobusning maksimal tezligi 60 km/soatni, ko‘rinish darajasi past bo‘lganda esa 10 km/soatni tashkil qiladi. Mashinalar GPS qurilmalari, 200 metr radiusdagi piyodalarni kuzata oluvchi kameralar va lidarlar bilan jihozlanadi.
Mavzuga oid
16:17 / 04.10.2024
Yarim asrda birinchi marta: Singapurda sobiq vazir pora olgani uchun qamaldi
21:03 / 31.08.2024
Singapurda erkak xotini bilan ajrashish uchun uning mashinasiga kannabis tashlab qo‘ygani aniqlandi
14:02 / 24.08.2024
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
09:21 / 25.07.2024