18:08 / 24.11.2017
9776

Shveytsariya Markaziy banki kriptovalyutaga izoh berdi: Bitcoin - investitsiya

Foto: Reuters / Dado Ruvic

Shveytsariya Markaziy banki kriptovalyutalarga rasmiy izoh berdi. Unga ko‘ra, kriptovalyuta – pul emas, balki investitsiya vositasidir. “Bitcoin kabi mahsulotlar, hozirda valyuta emas, balki katta ehtimol bilan investitsiya vositalari hisoblanadi”, – degan Shveytsariya milliy banki prezidenti Tomas Jordan. 

“Markaziy banklar kriptovalyutalar masalasi bilan juda jiddiy shug‘ullanmoqda. Men ularni, valyutadan ko‘ra, investitsiya sifatida baholar edim”, — deya Jordanning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi. 

“Qayd etish o‘rinliki, gap texnologiyalar haqida borayotgani yo‘q, balki kimlar markaziy bank pullariga qanday shaklda egaligi haqida bormoqda. Hamon hal etilmagan ko‘plab savollar mavjud”, — degan u. Jordanning aytishicha, kriptovalyutalar moliyaviy tizimga juda kuchli ta'sir etishi mumkin, shunga binoan markaziy banklar bu muammoni jiddiy kuzatishlari maqsadga muvofiq. 

Top