Toshkentdagi go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona eshak go‘shti ishlatmoqchi bo‘lgani fosh qilindi
Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan «Sharshara» brendi ostida go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Gold Premium Product MChJga tegishli korxona ko‘zdan kechirilganda, 69,6 kg. eshak go‘shti boshqa go‘sht turlariga qo‘shib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda ishonchli ma'lumotga tayangan holda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.R. hamda G‘.A. rejasini amalga oshirish uchun xorazmlik S.J. orqali 69,6 kg. miqdoridagi eshak go‘shtini «Sharshara» go‘sht ishlab chiqarish korxonasiga o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Bu ishni bajarish uchun go‘sht A.A.ga yetkazib berilgan. Mazkur go‘shtni qabul qilib olgan sex ishchilari uni o‘sha zahotiyoq boshqa turdagi go‘shtlarga qo‘shib yuboradi.
Tadbir davomida sex ko‘zdan kechirilganda, ko‘rinishi va hididan sifatsiz mahsulotga aylangan 275 kg. go‘sht mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sanitar epidemiologiya nazorat markazi axborot xizmatining Kun.uz'ga xabar qilishicha, korxonadan olib qo‘yilgan 275 kg. go‘sht haqiqatan iste'molga yaroqsiz ekani ekspertiza xulosasi orqali tasdiqlandi.
Mazkur ish yuzasidan sex ishchilari R.G‘., N.Z., fuqaro A.A va S.J. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 186-moddasi 1-qismi, ya'ni «iste'molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish»da ayblanib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronga qarshi harbiy harakatlar butun mintaqani urush girdobiga tortish xavfini tug‘dirdi – Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston | 16:40
-
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 16:16
-
Moskvada geolokatsiyasi o‘chirilgan migrantlar ro‘yxatdan chiqariladi
Jahon | 16:13
-
G‘arbiy Qozog‘istonda sayg‘oqlarni ovlash boshlandi
Jahon | 16:00
Mavzuga oid

22:48 / 09.06.2025
“Eshak go‘shti qo‘shilmaganmi?” – zaruratga aylanayotgan savol

10:21 / 08.06.2025
Orzudagi mundial yo‘llanmasi va qonun ustuvorligida pasayish - hafta dayjesti

21:03 / 04.06.2025
“Kilosini 20 ming so‘mdan sotardim” – eshak go‘shti sotib kelgan yigit iqrori

00:08 / 04.06.2025