«U Yaqin Sharqning yangi Gitleri»
Saudiya Arabistoni taxti valiahdi, shahzoda Muhammad ibn Salmon Ol Saud The New York Times nashriga bergan intervyusida Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Ali Xominaiyni «Yaqin Sharqning yangi Gitleri» deb atadi.
«Eron diniy rahnamosi — bu Yaqin Sharqning Gitleri», — degan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo Yevropa misolida tajovvuzkorona siyosat hech narsaga erishmasligiga guvoh bo‘lgan.
«Biz Erondagi yangi Gitler Yaqin Sharqda ham Yevropada o‘tmishda sodir bo‘lgan voqealarni takrorlashini istamaymiz», — deya qo‘shimcha qilgan shahzoda.
Bundan avvalroq Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al-Jubayr ma'lum qilgandiki, qirollik «Eronning dushmanona harakatlari»ga jim qarab turmaydi.
Mavzuga oid
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:47 / 18.12.2024
Isroil nega Suriyaga to‘satdan zarba berdi va yangi kuchlar taqsimotidan nimalar kutilmoqda?
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
17:59 / 09.12.2024