Jahon | 14:40 / 24.11.2017
15075
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina: «Putin Donbassga yana yashirincha harbiy jo‘natmoqda»

Foto: Svobodnaya Pressa

Ukrainaning Donbass hududiga keltirilayotgan gumanitar yordam qo‘riqchilari aslida ziddiyatni qo‘llab-quvvatlash uchun jo‘natilgan «tirik madad kuchlari» hisoblanadi. Bu haqda Donetsk harbiy-fuqaroviy ma'muriyati rahbari Pavel Jyebrivskiy «112.Ukraina» telekanali jonli efiri orqali ma'lum qildi.

«Rossiyaliklar allaqachon gumanitar yordam qo‘riqchisi mashinasida qurol-yarog‘ va yoqilg‘i yetkazib berishni to‘xtatgan. Ayni paytda barchasi temir yo‘l poyezdlari orqali amalga oshirilmoqda. Aynan men nazarda tutgan narsa bu - «​tirik madad kuchlari»​ Ukrainaga kirib kelayotgani»​, deb ta'kidlagan u.

Jyebrivskiyning aytishicha, rusparast jangarilar tomonidan Lugansk hududiga 90 nafar qurollangan askar keltirilgan.

Ukraina Ichki ishlar vazirligining kommunikatsiyalar departamenti rahbari Artyom Shevchenkoning feysbukdagi o‘z sahifasida ma'lum qilishicha, «Lugansk xalq respublikasi» (LXR) rahbari Rossiyaga ketib qolgan.

Avvalroq Kreml «LXR»da «ma'lum kuchlar» qo‘llab-quvvatlanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Plotnitskiy esa Lugansk markazida qurollangan kishilarning paydo bo‘lishiga izoh berib, bu «LXR» IIV rahbari Igor Kornetni lavozimidan chetlashtirish bo‘yicha «kadrlar almashinuvi»ning davomi ekanini aytgandi.

Mavzuga oid