O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi aviareyslar soni oshiriladi

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviareyslar sonini oshirishga kelishib olindi. Qozog‘iston Investitsiyalar va rivojlanish vazirligi (IRV)ning Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi (FAQ) matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
"Qozog‘iston Respublikasi IRVning Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi va O‘zbekistonning aviatsiya ma'muriyati, shuningdek ikki mamlakat aviakompaniyalari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida aviareyslar sonini oshirish borasida kelishuvlarga erishildi", - deyiladi idoraning Facebook sahifasida.
Shu tariqa Qozog‘istonning "Air Asatana" aviakompaniyasi 2017 yilning dekabridan Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni haftasiga 6tadan 7taga va Ostona-Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni haftasiga 3tadan 4tagacha oshirishni rejalashtirmoqda.
O‘z navbatida, "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi Qozog‘istonga amalga oshiriladigan reyslari sonini 2017 yilning dekabridan Toshkent-Olmaota yo‘nalishida haftasiga 6tadan 7taga va 2018 yilning 4 martidan Toshkent-Ostona yo‘nalishida haftasiga 3tadan 4tagacha oshirishni rejalashtirmoqda.
"Natijada mamlakatlar o‘rtasidagi reyslarning umumiy soni haftasiga 22 reysni tashkil qiladi, shu tariqa, yo‘lovchilar Toshkentdan Olmaotaga kuniga ikki marta, Ostonadan esa kuniga bir marta parvoz qilishlari mumkin bo‘ladi. Kelgusida Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlariga ham aviareyslarning yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda", - deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi reyd boshlandi
Jamiyat | 10:06
-
Zelenskiy: Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, Ukrainani mustahkamlash kerak bo‘ladi
Jahon | 09:47
-
Rossiyaga tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:26
-
Shols AQShning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 09:10
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025