00:52 / 25.11.2017
54345

7 yoshli qizchani o‘ldirgan maktab o‘quvchisi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Foto: Sky News

Buyuk Britaniyada 16 yoshli maktab o‘quvchisi 7 yoshli qizchani o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda The International Business Times xabar bermoqda. 

Fojia 2017 yil yanvarda York shahrida yuz bergan. Ayblanuvchi qizning aytishicha, u 7 yoshli qizchani robot deb o‘ylab o‘ldirgan. O‘quvchi qiz qotillikni sodir etgandan keyin o‘zi politsiyani chaqirtirgan. Politsiyachilar o‘quvchi qizni pichoq ushlagan holda va qonga belangan kiyimda aniqlashgan. Jabrdiyda qizcha shifoxonaga yetkazilgan, biroq bo‘yni va ko‘kragidan olgan jarohatlardan vafot etgan.

Ayblanuvchi qiz sudda atrofidagi har bir odamni “qudratli va yovuz kuch” bilan boshqariluvchi robot deb qabul qilganini tan olgan. Qiz jinoyatni sodir etishdan avval ruhiy muammolarga ega bo‘lgan. U jinoyatni sodir etgan vaqtda 15 yoshda bo‘lgan.

Top