Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Bezos kompaniyasining aksiyalari narxi katta ko‘lamli savdolardan ilhomlangan sarmoyachilar evaziga 2 foizga oshdi. Bu kuni onlayn-do‘konda savdolar hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan 18,4 foiz oshiqroq bo‘lgan.
Avvalroq Bezos boyligi 93,1 mlrd. dollarga baholanayotgandi. Shu tariqa, Bezos boyligi 100 mlrd. dollarga yetgan dunyodagi ilk odam bo‘ldi.
Amazon dunyodagi eng yirik onlayn-riteylerdan biri hisoblanadi. Kompaniya AQShdan tashqari, Kanada, Xitoy, Braziliya, Yaponiya va Yevropa davlatlarida faoliyat yuritadi. Amazon.com onlayn-do‘koni 1995 yil iyulda ishga tushirilgan.











