22:14 / 25.11.2017
10308

APL. «Manchester Yunayted» qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi, «Tottenhem» o‘z maydonida qoqildi

Foto: Twitter/ManUtd

Angliya Premer-ligasida 13-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qilib, kichik hisobdagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. 66-daqiqada Eshli Yang zarbasidan so‘ng, to‘p himoyachi Dank oyog‘iga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvoza to‘ridan joy oldi. 

«Tottenhem» o‘z maydonida «Vest Bromvich» qarshiligini sindira olmadi. Birinchi bo‘limda mehmonlar hujumchisi Rondon hisobni ochgan bo‘lsa, Keyn ikkinchi bo‘limda javob to‘pini kiritdi.

Bu natijalardan so‘ng, «MYu» 29 ochko bilan ikkinchi, «Tottenhem» esa 24 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda boryapti.

APL, 13-tur
25 noyabr

Manchester Yunayted – Brayton - 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 66, avtogol Dank. 
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Valensiya, Yang, Pogba, Matich, Mata (Ibrahimovich, 62), Marsial (Mxitaryan, 71), Lukaku, Reshford (Fellayni, 80).
Brayton – Rayan, Daffi, Bong, Saltor, Dank, Propper, Stivens, Gross (Braun, 88), Knokert, March (Iskerdo, 75), Myurrey (Xemed, 74).
Ogohlantirishlar: Myurrey (59), Daffi (87).

Tottenhem – Vest Bromvich - 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 4 Rondon, 1:1 – 74 Keyn. 
Tottenhem – Loris, Vertongen (Lorente, 60), Devis, Tripper, Sanches, Eriksen, Dayyer, Uinks (Dembele, 61), Alli, Son Xyon Min, Keyn.
Vest Bromvich – Foster, Xegazi, Gibbs, Nom, Evans, Fild (Makkleyn, 67), Livermor, Berri (Yakob, 79), Fillips, Rodriges (Robson-Kanu, 67), Rondon.
Ogohlantirishlar: Berri (26), Dayyer (58), Gibbs (60), Nom (77), Foster (82).

Kristal Pelas – Stok Siti - 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 53 Shakiri, 1:1 – 56 Loftus-Chik, 2:1 – 90 Sako. 

Suonsi – Bornmut - 0:0 

Nyukasl – Uotford - 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 19 Xyuz, 0:2 – 45, avtogol Yyedlin, 0:3 – 62 Grey.

Top