Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Atamboyev ruhiy kasal va piyonista» - Qozog‘iston senati raisi
Foto: knews.kg
Qozog‘iston parlamenti senati raisi Qosim-Jo‘mard Tokayev Qirg‘izistonning o‘z lavozimini tark etgan sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga “sog‘ayib ketishni” tiladi. Tokayevning Twitter’da yozishicha, Atamboyev bilan hammasi "tushunarli".
"Vikiliksda AQSh elchisi Yangning turkiyalik shifokorlar ma'lumotlariga tayangan xabari e'lon qilindi. Unda Atamboyevning ruhiy kasalligi va alkogolga mukkasidan ketgani aytiladi, bu paranoyyani yanada chuqurlashtiradi. Shunda hammasi tushunarli bo‘ladi! Unga sog‘ayib ketishdan boshqa tilak yo‘q", - deya yozdi Tokayev.
15 noyabr kuni Atamboyev Ostona bo‘yicha avval bergan bayonotlari uchun uzr so‘rash niyatida emasligini ma'lum qildi. Tokayev o‘sha kuni kechqurun twit-xabar e'lon qilib, Atamboyevning so‘zlarini “irkit hujumlarga ega asabiy nutq” deb atadi. Keyinchalik Qozog‘iston parlamenti majlisi spikeri Atamboyevning bayonotlari “siyosiy boadablik qoidalariga to‘g‘ri kelmasligini” ma'lum qildi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025