17:18 / 25.11.2017
11184

FVV xodimlari eshigi yopilib qolgan uy ichidan 3 oylik bolani qutqarishdi

Foto: FVV

2017 yilning 23 noyabr kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Urganch shahrida yashovchi fuqaro B.R. murojaat qildi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

U uyning eshigi yopilib qolganligi, uy ichida esa uch oylik farzandi qolib ketganligi sababli yordam so‘ragan.

Qutqaruvchilar tezkorlik bilan yetib kelib, uyning eshigini maxsus asbob-anjomlar yordamida ochib, uy ichida qolib ketgan bolani ota-onasiga sog‘-salomat topshirdilar.

Top