Qachon naqd xorijiy valyutani qabul qilishga ruxsat beriladi?
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining qarori (2017 yil 22 noyabr) bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjat Prezidentning 2.09.2017 yildagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilindi.
Nizom bilan O‘zbekiston hududida xorijiy valyutada hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish paytida naqd xorijiy valyutani qabul qilishning yangilangan tartibi belgilandi.
Endilikda naqd xorijiy valyutani quyidagi holatlarda:
• aviakompaniyalar va ularning agentlari tomonidan sotiladigan aviachiptalar;
• bojxona yig‘imlari;
• xorijiy hamkorlarning O‘zbekiston fuqarolari tomonidan mahalliy turistik operatorlar orqali ko‘rsatiladigan turistik xizmatlar;
• kichik biznes korxonalari tomonidan o‘zi ishlab chiqargan eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
• ekspeditor, tashuvchi va kirakash (fraxtchi) tomonidan jismoniy shaxslarga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan yuk tranziti, tashilishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish paytida tashish va charter (fraxt);
• xorijiy valyutadagi bank operatsiyalari bo‘yicha vositachilik haqini to‘lashda;
• mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida xorijiy fuqarolarga hamda respublikada doimiy turar joyiga ega bo‘lmagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagi operatsiyalarni ilgarigidek xorijiy valyutada amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi:
• kreditlar bo‘yicha muddatli va kechiktirilgan qarzlarni hamda ular bo‘yicha xorijiy valyutadagi foizlarni so‘ndirish;
• yuridik shaxslarning ustav fondiga badal to‘lashda;
• banklarda omonatlarga pul mablag‘larini kiritishda;
• xayriya maqsadlarida amalga oshiriladigan pul mablag‘larini kiritishda;
• sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha qarzlarni so‘ndirishda;
• xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining konsullik xizmatlari uchun;
• boj to‘lamasdan savdo qiladigan do‘konlardagi hisob-kitob operatsiyalari;
• xalqaro tashishlar paytida transport vositalarining borish yo‘lida yo‘lovchilarga tovarlar va xizmatlar sotilganda.
Naqd xorijiy valyutani qabul qilish (oxirgi ikkita pozitsiyadan tashqari) tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Izoh: alohida qonun hujjatlari bilan naqd xorijiy valyutani qabul qilishga ruxsat beriladigan qo‘shimcha holatlar ko‘zda tutilishi mumkin.
Hujjat 22.11.2017 yilda kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 19:32
-
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya va Ukraina muzokaralarini qabul qilishga tayyor ekanini aytdi
Jahon | 19:29
-
Germaniya kansleri Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘larga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirdi
Jahon | 18:41
-
Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi
Jahon | 18:26
Mavzuga oid

15:20 / 05.03.2025
O‘zbekistonda anderrayting faoliyati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

17:02 / 29.05.2024
So‘m dollarga nisbatan ketma-ket beshinchi kun mustahkamlandi

07:34 / 25.07.2023
Hukumat davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi

16:13 / 27.06.2023