Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonliklar yangi prezidentdan nimalar kutmoqda?
Foto: President.kg
Qirg‘izistondagi «Demokratiya va fuqarolik jamiyati uchun koalitsiya» jamoat tashkiloti 10-18 noyabr kuni aholining yangi prezidentga nisbatan kayfiyatini bilish maqsadida umummilliy ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi.
Hisobotga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarolarining 26,8 foizi Sooronbay Jeenbekovning prezident lavozimiga kelishi bilan hech qanday jiddiy o‘zgarishlar yuz bermasligiga ishonch bildirishgan.
39,7 foiz respondentlarning fikricha, mamlakat 2017 yilning 1 dekabridan so‘ng tez rivojlana boshlaydi, Jeenbekov bu sanada davlat rahbari maqomida lavozimlarini bajarishga kirishadi.
Aholining ijobiy kayfiyati sentabr oyida, saylovlardan avval o‘tkazilgan so‘rov natijalari bilan taqqoslaganda ancha tushib ketgan.
«Sentyabr so‘rovida respondentlarning 57,6 foizi yangi prezident saylanganidan so‘ng mamlakatda yaxshi o‘zgarishlar bo‘lishiga ishonishgan. Bu borada nimanidir o‘zgarishiga ishonmaganlar esa 12,5 foizi edi», - deyiladi hisobotda.
Mavzuga oid
09:20 / 05.12.2025
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
10:00 / 01.12.2025
Qirg‘izistondagi saylovlar: Japarovga sodiq nomzodlar deyarli barcha okrugda g‘alaba qozondi
17:04 / 30.11.2025
Muxolifatchilar hibsga olinishi va energetika inqirozi. Qirg‘izistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari qanday sharoitda o‘tmoqda?
11:20 / 30.11.2025