«Lugansk xalq respublikasi» (LXR) xalq kengashi tan olinmagan respublika rahbari Igor Plotnitskiyning iste'fosini qabul qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Ta'kidlanishicha, iste'fo uchun parlamentariylarning barchasi – 38 nafari ovoz bergan.

Ovoz berish jarayonidan so‘ng xalq kengashi raisi Vladimir Degtyarenko Plotnitskiyga bajargan ishlari uchun minnatdorchilik bildirgan.

«Igor Venediktovichga u respublikaga rahbarlik qilgan uch yili uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Haqiqatan ham hammasi noldan boshlandi, hamda bugun biz hokimiyatning barcha organlariga ega to‘laqonli davlatga egamiz. Juda katta ko‘lamda ishlar qilindi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Igor Plotnitskiy kuni kecha sog‘lig‘i tufayli o‘z lavozimini tark etishi haqida qaror qabul qildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina «LXR» rahbari Rossiyaga qochib ketgani haqida ma'lum qilgandi.