12:23 / 25.11.2017
9727

Olmaota yaqinida 3 ta kuchli zilzila o‘chog‘i borligi ma'lum bo‘ldi

Foto: Shutterstock

Qozog‘iston seysmologiya institutidan ma'lum qilishlaricha, Olmaota viloyatida uchta kuchli zilzila o‘chog‘i bor, deb xabar bermoqda qozoq OAV.

"Bizning Olmaota shahrimiz yaqinida uchta kuchli zilzila o‘chog‘i bor, u yerda juda ham vayronakor yer silkinishi sodir bo‘lishi mumkin. Birinchi o‘chog‘ – Vernen zilzilasi tumanida, u 1887 yilda yuz bergan. Ikkinchisi – Keminsk zilzilasi.

Uchinchi – bu janubi-sharqdagi Chilik. Biz, nima bo‘lgan taqdirda ham, Vernen zilzilasi o‘chog‘i yaqin bir necha yil ichida faollashishi mumkinligini kutmoqdamiz", - deya ma'lum qilgan “Milliy seysmologik kuzatuvlar va tadqiqotlar markazi” AJ laboratoriyasi mudiri Abdurahmon Kurskeyev.

Ta'kidlanishicha, bu o‘chog‘larning kuzatuvi va o‘lchovdan o‘tkazilishi balandlikda joylashgani tufayli bajarilmayapti. Kurskeyevning so‘zlariga ko‘ra, bu joylarda qurilmalarni o‘rnatish mushkul.

Yer qatlami tebranishlarini nafaqat qurilma, balki hayvonlar orqali ham taxmin qilish mumkin. Mutaxassislar seysmologiya instituti negizida ularning zilziladan avvalgi xatti-harakatlarini o‘rganishmoqda.

Mavzuga oid
Top